• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C

Kun Uz - Янгиликлари

Image
EastFruit: Minimal eksport narxlari – O‘zbekiston meva-sabzavot eksportiga zarba

EastFruit tahlilchilari O‘zbekistonda minimal eksport narxlari joriy qilinishi ortidan meva-sabzavotlarni eksport qilish shartlari yomonlashganidan xavotir bildirdi. Tahlilchilar bunday “qo‘l rejimida” tartibga solish eksportga zarar yetkazishi va uzoq muddatli hamkorlik uchun xavfli ekani, cheklov choralari soliq tushumlarini oshirmasligi, valuta nazoratini yaxshimasligini ta’kidlamoqda.

Image
Netanyahu Livanga syurpriz tayyorlaganini aytdi. Bu urushga ishorami yoki blef?

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Livan bilan bog‘liq “aniq, muhim va hatto kutilmagan” harbiy rejalari borligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu rejalarning amalga oshishi Isroil shimolida xavfsizlikni ta’minlash va aholining o‘z uylariga xavfsiz qaytishiga imkon beradi. Bu bayonot Livan janubidagi “Hizbulloh” harakatiga qaratilgan psixologik urush ko‘rinishimi yoki Isroil ikkinchi frontni ochmoqchimi?

Image
Dunyoda tug‘ilish kamaymoqda: siyosatchilar oldida qanday vazifalar turibdi?

Demokratik va farovon davlatlar tug‘ishni rag‘batlantirish uchun budjetdan pul ajratishga majbur, aks holda ular chaqaloqlarsiz qolib ketishyapti. Tug‘ilish ko‘rsatkichlari bo‘yicha kam rivojlangan yoki rivojlanayotgan Afrika davlatlari yetakchilik qilmoqda. Markaziy Osiyoda esa Tojikiston bu borada peshqadam. O‘zbekistonda esa tug‘ilishlar kamaygan.

Image
Isroilda Netanyahuga ultimatum qo‘yildi. Shartlarni bajarib bo‘ladimi?

Isroildagi “Milliy birlik” partiyasi yetakchisi, Bosh shtab sobiq boshlig‘i, iste’fodagi armiya generali Benni Gans amaldagi hukumat oldiga bir nechta talablarni qo‘yib, 8 iyungacha bu talablar bajarilmasa, hukumatdan chiqishini bildirdi. Avvalroq mudofaa vaziri Yoav Gallant ham agar Isroil yana G‘azoni bosib olsa, iste’fo berishini bildirgandi.

Image
Sut yetishtiruvchi tadbirkorlar nimadan xavotirda?

Tadbirkorlar soha qiyin ahvolda qolgani, davlatning qo‘llovi tadbirkorlargacha yetib bormayotgani, sutning ulgurji narxi tushib ketgani, tartibli tizimning yo‘qligi, byurokratiya va boshqa qator noqulayliklar ortidan soha jar yoqasiga kelib qolganini aytishdi. 

Image
Islomiy respublika: Eron siyosiy tizimi qanday ishlaydi?

Eronda boshqaruvning respublika shakli o‘rnatilgan, hokimiyat qisman va rasman xalqning irodasiga bog‘langan, eng muhim qarorlarni esa ruhoniylar kengashi tomonidan saylanadigan oyatulloh qabul qiladi. Prezidentlikka nomzodlar ham oliy rahnamo tasdig‘idan o‘tishi kerak.

Image
Ibrohim Raisiyning o‘limi tasdiqlandi

U bilan birgalikda Eron TIV rahbari Husayn Amir Abdullahiyon, Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malik Rahmatiy va oyatullohning Sharqiy Ozarboyjon viloyatidagi vakili Imom oyatulloh Ali Hoshim ham halok bo‘lishgan.

Image
Ortayotgan tengsizlik, xandaqqa qulagan uy va To‘qayevning bayonoti - hafta dayjesti

Sobiq bosh prokurorning o‘g‘li Dubayda millioner ekani ma’lum bo‘ldi. Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi farq kattalashyapti. XVJ hukumatdan amaldorlar qachon mol-mulklari haqida “otchyot” berishini so‘radi. Ayrim tashqi kuchlar Markaziy Osiyo davlatlarini bir-biriga qarshi gijgijlayapti. Ortda qolayotgan haftaning shu va boshqa xabarlari – Kun.uz dayjestida.

Image
SOS: Toshkent daraxtlariga yangi xavf paydo bo‘ldi

Katta daraxtlar kasallanib, ayrimlari tepa qismidan qurib kelishni boshlayapti. Dendrolog olimaning fikricha, shahar hokimligi, Ekologiya va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari mutaxassislari guruh tuzib, zudlik bilan daraxtlarni asrab qolish chorasini ko‘rmasa, poytaxtliklar sekin-asta daraxtlardan ajralib boradi.