• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +21°C
Detail image

2022-yil 1-yanvardan boshlab chek taqdim qilganlik uchun xaridorlarga xarid summasining bir foiz miqdorida keshbek berish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgandi. Soliq qoʻmitasi 15 900ta chek uchun keshbek bekor boʻlganini maʼlum qildi.

“Bugungi kunga qadar keshbek uchun roʻyxatdan oʻtkazilgan cheklar tahlil qilinganda, ayrim texnik xizmat koʻrsatish markazi (TXKM) xodimlari keshbekka ega boʻlish maqsadida vazifalarini suiisteʼmol qilib, oʻzgalar tomonidan amalga oshirilgan xarid uchun shakllangan cheklarni oʻz nomidan roʻyxatdan oʻtkazish holatlari aniqlandi. Jumladan, 3 nafar TXKM xodimi tomonidan oʻzlari xizmat koʻrsatayotgan 281ta tadbirkorlik subyektining 11 mlrd soʻmlik 15,9 mingta xarid cheki roʻyxatdan oʻtkazilgan”, — deyiladi rasmiy xabarda.

Soliq qoʻmitasi texnik xizmat koʻrsatish xodimlari qancha miqdorda keshbekni roʻyxatdan oʻtkazgani haqida maʼlumot bergan:

  • Q.N. tomonidan 178 nafar tadbirkorning 7 524ta 5,8 mlrd soʻmlik;
  • Q.A. tomonidan 80 nafar tadbirkorning 5 206ta 4,6 mlrd soʻmlik;
  • R.F. tomonidan 23 nafar tadbirkorning 3 131ta 0,6 mlrd soʻmlik cheklari “Soliq” mobil ilovasida QR-kod orqali roʻyxatdan oʻtkazilgan.

“Soliq” mobil ilovasida yuqoridagi shaxslar tomonidan xaridni amalga oshirmasdan roʻyxatga olingan cheklar uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilingan.

Avvalroq o‘zbekistonliklar xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali 5 mlrd so‘mlik keshbek yig‘ganligi haqida yozgan edi.

Ўхшаш янгиликлар