• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

“Uzbekistan Airways” “Haj-2024” dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga charter reyslarni amalga oshiradi. Bu haqda aviakompaniya matbout xizmati xabar berdi.

Parvozlar O‘zbekiston Musulmonlari idorasi bilan birgalikda yo‘lga qo‘yilib, 23-maydan 7-iyungacha olib boriladi.

Kelishuvga muvofiq, aviakompaniya joriy yilda 124ta charter yo‘lovchi parvozlarini amalga oshirish va 15 130 nafar ziyoratchini tashishni rejalashtirgan.

Uning doirasida “Haj” dasturi bo‘yicha marosimlarni bajarish istagida bo‘lgan ziyoratchilar O‘zbekistonning 10ta mintaqaviy xalqaro aeroportlari — Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus va Urganch shaharlaridan Madina shahriga yetkaziladi.

Avvalroq 1-iyundan “Uzbekistan Airways” Nukusdan Olmaotaga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar berilgandi. Aviaqatnovlar chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.

Ўхшаш янгиликлар