• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +22.9°C
Detail image

29-mart kuni soat 16:00 da “IT Park” Toshkent filialida Edusession doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir spikeri — O‘zbekiston IT-hamjamiyati rahbari Shavkat Karimov boʻladi.

Sessiya davomida u O‘zbekistonning IT kelajagi haqida o‘z qarashlari, keyslari va IT-sanoatini rivojlantirish bo‘yicha istiqbollari haqida gapirib beradi, shuningdek, nima uchun IT kelajak sohasi ekanligini tushuntiradi.

Tadbirda ishtirok etish u rus tilida olib boriladi.

Unda ishtirok etish uchun 28-martgacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

“Edusession” dasturi global IT hamjamiyatining bir qismi boʻlishga, martaba qurishga va pul ishlashni boshlashga qiziqqan yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Spiker haqida:

Shavkat Karimov — O‘zbekiston IT-hamjamiyati rahbari, tadbirkor va top-menejer, Rossiya va AQShdagi bir qancha kichik kompaniyalar egasi.


Avvalroq “Spot” tadbirkor Sardor Davletyarov bilan tadbirkorlarning muvaffaqiyatsizliklarini tahlil qilishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tishi haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар