• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazilish sanasi va vaqti ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kirish test sinovlari 25−26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada o‘tkaziladi.

Xususan, imtihonlar 25-iyul kuni soat 15:00da o‘tkazilsa, 26-iyul kuni 2 smenada olib boriladi. Bunda 1-smena soat 9:00da, 2-smena soat 15:00da boshlanadi.

Akademik litseylarga hujjat topshirganlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi mumkin.

Bundan tashqari, abituriyentlar bevosita hujjat topshirgan akademik litseyiga borib olishlari ham mumkin.

Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘ralmoqda.

Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60ta bo‘lib, shundan 20tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlashga qaratilgan.

Shuningdek, ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha jami 40ta test savollari tushadi.

To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball 146 ballni tashkil etadi hamda uni quyidagicha taqsimlash mumkin:

  • IQ — 1.1*20 =22;
  • 1-fan — 3.1*20=62;
  • 2-fan — 3.1*20=62.

Avvalroq magistratura bo‘yicha turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlangandi. Bu ro‘yxat orqali qaysi ta’lim yo‘nalishi davlat oliy ta’lim muassasasi magistraturasi mutaxassisligiga turdosh ekanini bilib olish mumkin.

Ўхшаш янгиликлар