• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +16°C
Detail image

Latviya davlat stipendiyalariga bakalavr, magistratura va PhD darajalari uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Unda mamlakat bilan shartnoma imzolagan yoki Latviya fuqarolari uchun stipendiya taklif qilgan mamlakatlar fuqarolari ariza topshirishlari mumkin. Bu ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor.

Latviya oliy o‘quv yurtlarida o‘qitish tili asosan latvcha, biroq, ingliz tilida ham ta’lim dasturlari mavjud. Mavjud dasturlar va amaliy ma’lumotlarni “Study in Latvia” saytidan olish mumkin.

Nomzodlar dastlab mamlakatdagi OTMlarga qabul qilingan bo‘lishi kerak. Bakalavr uchun ariza topshirishda ta’lim olayotgan mamlakatida shu darajaning kamida birinchi yilini muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lishi zarur.

Bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha stipendiyalar bir o‘quv yiliga — 10 oygacha bo‘lgan muddatga, PhD darajasi uchun esa 11 oygacha beriladi.

Latviya filologiyasi, Latviya adabiyoti, Latviya madaniyati va Latviya tarixi bo‘yicha o‘quv dasturlarida magistratura darajasi uchun stipendiya ikki o‘quv yiliga, ya’ni magistratura dasturining davomiyligi uchun berilishi mumkin.

Agar talaba yana bir yil Latviyada o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lsa, unda stipendiyaga qayta ariza topshirishi kerak. Latviya stipendiyasi bir nomzodgaga ketma-ket ikki muddatdan ko‘p bo‘lmagan muddatga berilishi mumkin.

Arizalar joriy yilning 1-apreligacha qabul qilinadi. Bunda nomzod havola orqali tizimda ro‘yxatdan o‘tishi hamda login va parol bilan profil yaratishi kerak.

Shundan so‘ng anketani onlayn to‘ldirish va kerakli hujjatlarni ilova qilish mumkin. Quyidagi hujjatlarni yuklash kerak:

  • OTMga qabul qilinganlikni tasdiqlovchi xat;
  • diplom va transkriptlar;
  • 2ta tavsiyanoma;
  • o‘quv rejasi;
  • til sertifikati nusxasi;
  • ID yoki pasport nusxasi.

Latviya oliygohlariga qabul qilinganlikni tasdiqlovchi xatni tuzish uchun havolada ko‘rsatilgan OTMlarning mas’ul shaxslariga murojaat qilish kerak. Faqatgina OTM bilan aloqadorlar tomonidan yagona shablon xatidan foydalanib, tayyorlangan xat haqiqiy hisoblanadi.

Qabul qilinganlarga quyidagi tartibda stipendiyalar ajratiladi:

  • Bakalavriat darajasi uchun oyiga — 500 yevro;
  • Magistratura darajasi uchun — 600 yevro;
  • PhD uchun — 700 yevro.

Latviya oliy o‘quv yurtlaridagi ingliz tilidagi barcha o‘quv dasturlari bepul emas. Grant qo‘lga kiritganlar stipendiyadan o‘qish to‘lovini qoplash yoki turar joy va ovqatlanish xarajatlaari foydalanishi mumkin.

Ayrim OTMlar talabalar yotoqxonasidan joy beradi. Sug‘urta xarajatlari esa qoplab berilmaydi. Shuningdek, stipendiya boshqa stipendiyalar bilan bir vaqtda berilmaydi.

To‘liq bo‘lmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Foydali havolalar:


Avvalroq Yaponiyaning Okinava fan va texnologiya instituti (OIST) amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар