• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18.1°C
Detail image

Italiyaning Padua universiteti stipendiya dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan nomzodlar bakalavr va magistratura darajasi uchun ishtirok etishlari mumkin.

Padua universitetida deyarli barcha akademik sohalar va mutaxassisliklar mavjud. Xususan, bakalavr darajasi uchun axborot muhandisligi, psixologiya fanidagi texnika va usullar, inson va atrof-muhit salomatligi biologiyasi kabilar mavjud.

Magistratura va bir bosqichli darajalar uchun esa oziq-ovqat va salomatlik, buxgalteriya hisobi, moliya va biznes konsalting, kimyo va jarayonlar muhandisligi, kompyuter muhandisligi, kiberxavfsizlik hamda ingliz tili kabilar bor.

Nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishlari kerak:

  • Italiya fuqarosi bo‘lmasligi;
  • Magistratura uchun bakalavr darajasini tamomlagan bo‘lish.

Kerakli hujjatlar:

  • akademik transkript;
  • o‘rta maktab sertifikati / akademik malaka;
  • CV;
  • motivatsion xat;
  • til bilish sertifikati
  • Tanlangan daraja dasturi uchun zarur bo‘lgan boshqa maxsus hujjatlar.

Barcha hujjatlar PDF formatida yuklanishi zarur.

Qabul qilinganlar quyidagilarga ega bo‘lishadi:

  • o‘qish to‘lovidan to‘liq ozod qilinadi;
  • yiliga 8 ming yevro miqdorida stipendiya beriladi.

Arizalarni joriy yilning 2-mayigacha onlayn jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq Germaniyada o‘tkaziladigan Eynshteyn stipendiya dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар