• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +14°C
Detail image

2023-yilning oktabrida Italiyaning “Arsenale group” kompaniyasi O‘zbekistonda hashamatli poyezdlarni qurishi ma’lum bo‘lgandi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari matbuot xizmati xabar berdi.

Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida kompaniya bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” o‘rtasida umumiy loyihalar bo‘yicha aloqalarni yaxshilash, “The Samarkand Express” sayyohlik poyezdlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda milliy kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Imzolangan hujjat ikki kompaniya o‘rtasida 2026-yil oxiridan O‘zbekistonda qatnovni boshlaydigan hashamatli poyezd yaratish bo‘yicha yakuniy kelishuvni tuzishga asos bo‘ladi.

Lyuks toifali poyezdlar qurilishi “O‘zbekiston temir yo‘llari"ga qarashli korxonalarda amalga oshiriladi. Poyezd 13−15ta vagondan iborat bo‘lib, 76ta mehmonga mo‘ljallangan 38ta kupe (luks, deluks va superdeluks) bo‘ladi.

Toshkent-Xiva yo‘nalishi bo‘yicha sayohatning taxminiy davomiyligi Samarqand va Buxoroda to‘xtash bilan 2 kecha, 3 kunni tashkil etadi. Yiliga taxminan 70dan 90gacha reyslarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

2023-yilning iyul oyi oxirida Italiya kompaniyasi bilan temir yo‘l sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhokamalar olib borilgandi. Yevropadan Kavkaz orqali, Rossiya orqali, O‘zbekiston orqali Xitoyga tezyurar sayyohlik poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani ta’kidlangandi.

“Arsenale Group” — muhandislik, qurilish, transport va turizm kabi turli biznes sohalariga ixtisoslashgan italyan kompaniyasi. U o‘zining innovatsion yechimlari, yuqori sifatli mahsulotlari va keng ko‘lamli xizmatlari bilan mashhur.

Avvalroq “O‘zbekiston temir yo‘llari” yangi elektropoyezd dizaynini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilgandi. Chizmalar “Hyundai Rotem” tezyurar poyezdi uchun qabul qilinadi hamda tanlov g‘olibi 100 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ўхшаш янгиликлар