• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18°C
Detail image

Oʻzbekistonda 1-fevraldan nimalar oʻzgaradi

Spot 2022-yil 1-fevraldan boshlab Oʻzbekiston qonunchiligida roʻy beradigan ayrim oʻzgarishlar haqida maʼlumot berib oʻtadi.


Yo’l yoqasidagi gastromarket: Armen Saakyan Butcoin biznes-modeli, Starbucks sotuvi va demping haqida

Butcoin do’konlar tarmog’i asoschisi Armen Saakyan Spot’ga 4 yil ichida qanday qilib 10 ta filial ochgani va bu biznesning o’ziga xos tomonlari haqida gapirib berdi.



Mohirdev: qanday qilib Malayziya universiteti o’qituvchisi o’zbek tilidagi ta’lim startapini ishga tushirdi va $500 000 investitsiya jalb etdi

Yetti oy ichida IT- kurslar onlayn platformasi 15 000 dan ortiq talabani yig’a oldi. Startap Google, DHL va boshqa kompaniyalarning muhandislari bilan uchrashuvlar o’tkazadi. Shuningdek, O’zbekistondagi sohaga ixtisoslashgan maktablar bilan hamkorllik qilish va onlayn OTM ochish rejalashtirilmoqda.


Boshqa yangiliklar:

  1. “Broniboy” yetkazib berish xizmati Oʻzbekiston bozoriga kirishga hozirlik koʻrmoqda. Xizmat asoschisi Aleksandr Radionov Oʻzbekiston bozori va uning xususiyatlari haqida gapirdi.
  2. Ikkilamchi bozordan uy sotib olish uchun ajratiladigan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish vaqtincha toʻxtatildi. Bildirilishicha, banklar maqbul ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish ishlari tiklanganligi toʻgʻrisida kompaniya tomonidan tegishli ravishda kelajakda xabardor qilinadi.
  3. Ayrim turdagi texnik uskunalar 2025-yil 10-yanvarga qadar bojxona bojidan ozod etiladi. Uyali aloqa kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlash choralari belgilandi.
  4. Toshkent aeroporti yaqinidagi ikkita bino yana auksion savdosiga qoʻyildi. Binolardan biri toʻrtinchi marta sotuvga qoʻyildi. Hujjatlar 28-fevralgacha qabul qilinadi.
  5. Tesla oʻz xodimlariga qulaylik yaratish uchun temir yoʻlni sotib oldi. Temir yoʻl stansiyalaridan birida hali toʻliq ishga tushmagan Tesla zavodi joylashgan.
  6. Yanvar oyida inflyatsiya 0,9 foizni tashkil etdi. Yillik koʻrsatkichda (2021-yil yanvariga nisbatan) isteʼmol sektorida narxlar oʻsishi 9,8%ni tashkil etdi.
  7. Tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari $42 mln miqdorida qayta moliyalashtiriladi — Moliya vazirligi. Shuningdek, birlamchi bozordan kvartiralar sotib olishda aholiga kreditlar berish uchun tijorat banklariga 12,8 trln soʻm resurslar ajratilishi nazarda tutilgan.
  8. Soliq qoʻmitasi 16 mingga yaqin cheklar uchun keshbekni bekor qildi. Ular texnik xodimlar tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan.
  9. Oʻzbekiston Rossiya bilan hamkorlikda Xitoydan birinchi konteyner poyezdini yoʻlga qoʻydi. Qoʻshma loyiha “Oʻztemiryoʻlkonteyner” va “Rossiya temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati shoʻba korxonasi tomonidan tashkil etildi.
  10. Chimyonda Fransiya ishtirokida 6 ming oʻrinli dam olish maskani quriladi. U 20 km uzunlikdagi changʻi yoʻlaklari va boshqa attraksionlarni oʻz ichiga oladi. Birinchi bosqichning qiymati $269 mln ni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар