• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Garvard universiteti qoshidagi Radcliffe instituti tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan nomzodlar xususan, olimlar, yozuvchilar, izlanuvchilar va jamoat faollari ishtirok etishlari mumkin.

Ariza beruvchilar individual yoki guruh sifatida bitta loyiha asosida ariza jo‘natishlari mumkin.

Radcliffe stipendiya dasturi har yili 50ta eng yaxshi nomzodni qabul qiladi. Dastur 2025-yilning sentabridan 2026-yilning may oyigacha davom etadi.

Qabul qilinganlarga $78 ming miqdorida stipensiya hamda qo‘shimcha loyiha xarajatlarini qoplashga $5 ming ajratiladi.

Shuningdek, transport, turar joy, sug‘urta va boshqa xarajatlar ham qoplab beriladi.

Nomzodlardan arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati yo‘nalishlarga qarab quyidagicha farqlanadi:

  • gumanitar, ijtimoiy fanlar va ijodiy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha ariza jo‘natishning oxirgi muddati — 12-sentabr.
  • fan, muhandislik va matematika bo‘yicha arizalarni jo‘natish muddati — 3-oktabr.

Ariza bilan birga o‘quv rejasi, loyiha taklifi, ish namunasi va tavsiyanoma beruvchilarning aloqa ma’lumotlarini ham ilova qilish kerak.

Barcha hujjatlar onlayn havola orqali qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Foydali havolalar:

muvofiqlik bo‘yicha ko‘rsatmalar va ariza materiallari;

dastur tafsilotlari;

imtiyozlar haqida ma’lumot.


Avvalroq AQShning Mayami universiteti Stamps stipendiya (The Stamps Scholarship) dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар