• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +14°C
Detail image

Avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida OTMlarga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini yaxshilash bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.

Unda joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

Oliygoh hamda kollej va texnikumlarga qabul qilish imtihonlari “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazilishi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

2024/2025 o‘quv yilidan OTM, kollej va texnikumlarga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi.

Bunda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, OTM, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Xususan, abituriyentlar testni 1 marotaba topshiradi va to‘plagan bali bilan dastlab oliygohga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. Agar bali OTMga yetmay qolsa, professional ta’lim tashkilotiga kirish uchun qatnashishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, oliygohlarga qabul jarayoni quyidagicha ikki bosqichda amalga oshiriladi:

  • 1-bosqich ro‘yxatdan o‘tish va test fanlarini tanlash;
  • 2-bosqich oliygoh — test natijasi e’lon qilingandan so‘ng ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash.

“Avval test, so‘ng tanlov” tamoyilini joriy etish prezidentning 2023-yil iyuldagi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilishga qaratilgan qarori bilan belgilab qo‘yilgan.

Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Endi davlat grantlari yuqori baholarga o‘qigan talabalar o‘rtasida qayta belgilanadi.

Grantga o‘qigan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali o‘zgartirilmoqda. Davlat granti esa ikki xil shaklda ajratiladi.

Ўхшаш янгиликлар