• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

IT Park University`ning magistratura bosqichi yetakchi halqaro IT gigantlaridan biri EPAM va O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi qoshidagi IT Park bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bo‘lib, ta’limga innovatsion yondashuvni o‘zida aks ettiradi.

Ushbu dastur talabalarga IT sohasida muvaffaqiyatli karera uchun zarur bo‘lgan chuqur akademik bilim va amaliy ko‘nikmalarni beradi.

Dastur haqida

Dastur onlayn formatda bo‘lib, uch semestrlik ta’limdayoq dasturiy ta’minot muhandisligi magistri bo‘lish imkoniyatini beradi. Talabalar uchta mutaxassislik yo‘nalishlari: Solution Architecture, Cloud va DevOps yoki Data Processing and AI hamda yakuniy tadqiqot loyihasini tanlash bilan keng qamrovli ta’lim oladi.

IT Park University ilg‘or texnika va innovatsiyalarni birlashtirib, onlayn format orqali maksimal ta’lim samaradorligini hamda Digital-platforma yordamida o‘quv resurslaridan foydalanishni ta’minlangan. Ingliz tilidagi ta’lim IT sohasida muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam bersa, moslashuvchan individual jadval o‘qish, ish va shaxsiy hayotni muvaffaqiyatli birlashtirishga imkon beradi.

it park university, reklama

Mutaxassisliklar

Talabalar IT Park University magistraturasida o‘qish davomida uchta yo‘nalishdan birini tanlashlari mumkin:

  1. Solution Architecture — arxitektura tamoyillarini chuqur tushunish imkonini beradi.
  2. Cloud va DevOps — rivojlanish jarayonlarini optimallashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
  3. Data Processing and AI — ma’lumotlar va sun’iy intellekt bilan ishlashga tayyorlaydi.

Fanlararo yondashuv tufayli magistratura bitiruvchilari dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, ma’lumotlarni tahlil qilish, Web-dasturlash va ma’lumotlar bazasini boshqarish kabi turli IT sohalarida ishlashga tayyorlanadi.

it park university, reklama

IT Park University magistratura dasturining afzalliklari

IT Park University shunchaki o‘qish emas, balki o‘quv jarayoni haqidagi tushunchangizni butunlay o‘zgartiradigan haqiqiy tajribani taklif qiladi. Uning o‘qitish uslublari mutaxassislar rahbarligidagi loyiha ishlari va amaliy keyslarga asoslangan bo‘lib, bu talabalarga olgan bilimlarini amalda qo‘llash va real muammolarni hal qilishni o‘rganish imkonini beradi.

2023−2024 o‘quv yili uchun qabul boshlandi. Agar bakalavr darajasiga ega bo‘lib, karerada keyingi bosqichga ko‘tarilmoqchi bo‘lsa, IT Park University saytiga tashrif buyurib, o‘qishga ariza topshirish mumkin. Hujjatlar 9-sentabrgacha qabul qilinadi.

IT Park istovchilarni talabalari safida ko‘rishdan bag‘oyat mamnun bo‘ladi.

Instagram: @itpu_uz
Telegram: t.me/ITPU_bot

Reklama huquqlari asosida.

Ўхшаш янгиликлар