• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +16°C
Detail image

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish, qabul va malaka tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergandi.

Magistratura darajasiga kirishda ayrim yo‘nalishlar uchun xorijiy tilni bilish sertifikati bekor qilinmoqda. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotbay Sharipov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazir oliy ta’limga qabulning yangi tizimi, kvotalarning taqsimlanishiga hamda talabalar o‘rtasida davlat grantining taqsimlanishiga to‘xtaldi.

“Yangi qabul jarayonida talabalarning iqtidoriga qarab, ularning adolatli, shaffof tizimi tashkil etiladi. Oldinlari OTMlarga kvotalar ajratilib, grant o‘rinlari belgilangan bo‘lsa, endi yangi tizimda bakalavriat yo‘nalishi kesimida grantlar ajratiladi”, — dedi vazir.

Abituriyentlar o‘z yo‘nalishlari kesimida yuqori ball olishsa, ikkinchi bosqichda o‘zlari tanlagan OMTga kirishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, joriy yilda muhandislik, tibbiyot va aniq fanlar bo‘yicha davlat granti uchun kvotalar soni 50%gacha oshirilmoqda.

Hozirda grantga qabul qilingan talabalar to‘rt yil davomida grant asosida tahsil olishayotgan bo‘lishsa, endilikda, agar grantga qabul qilingan talabalar yil davomida past baholar olishsa, grantlar kontrakt asosida tahsil olayotgan, yaxshi bahoga o‘qigan talabalarga qayta taqsimlanadi.

“Magistratura va doktaranturaga kirishda bizda muammolar bor edi. Xorijiy sertifikatlarning hammada ham bo‘lmaganligi natijasida hozirgi kunda ko‘pgina yo‘nalishlar to‘lmay qoldi. Ya’ni, bu davlat tomonidan berilgan buyurtma bajarilmadi degani”, — deya qayd etdi Qo‘ng‘irotbay Sharipov.

Endilikda san’at va madaniyat yo‘nalishlarida bakalavr darajasida ta’lim olayotgan yoshlar uchun magistraturaga kirishda xorijiy tilni bilish sertifikati talab etilmaydi.

Shuningdek, “Ta'lim sohasida loyihalar markazi” loyiha ofisi direktori Adham Xudoyqulovning qayd etishicha, bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha 40%ga, magistratura yo‘nalishlari 15%ga optimallashtirildi.

Fevral oyida davlat rahbari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga 116ta oliygohni o‘rganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqishni topshirdi. Ularga “milliy”, “davlat” universiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq mezonlari belgilanadi.

Bundan tashqari, bakalavr yo‘nalishlarini yiriklashtirish hisobiga ularning sonini 40%ga qisqartirish, bu yo‘nalishlardagi ta’lim dasturlarini TOP-300ga kirgan oliygohlar dasturi asosida yangilash topshirildi.


Ўхшаш янгиликлар