• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +21°C
Detail image

Ishlash maqsadida Qozog‘istonga borgan yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ulardan pul va pasportlarini olish holatlari kuzatilmoqda.

Foto: Kun.uz

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonga ishlash maqsadida borayotgan va mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.

So‘nggi vaqtlarda ishlash maqsadida Qozog‘istonga borgan yoki mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ulardan pul va pasportlarini olish holatlari kuzatilmoqda.

Migratsiya agentligi fuqarolardan bunday firibgarlarga ishonmaslik va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni begonalarga bermaslikni so‘radi hamda ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomalarni olish uchun fuqaroning shaxsan o‘zi Aholiga xizmat ko‘rsatish markazlariga (SON) murojaat etish zarurligini eslatib o‘tdi.

Shuningdek, o‘zini «diplomatik vakolatxona xodimiman» deb tanishtirgan shaxslarga duch kelgan taqdirda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalariga (Ostona shahrida: +8 (7172) 95-45-87, Olmaota shahrida: +8 (727) 390-26-16, Aqtau shahrida: +8 (729) 277-71-17) yoki quyidagi raqamlarga murojaat qilishni so‘ralgan: Qozog‘iston Bosh prokuraturasi: 115; Qozog‘iston politsiyasi: 102.

Ўхшаш янгиликлар