• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Honor texnobrendi MWC 2024 ko‘rgazmasi doirasida sun’iy intellektni qo‘llab-quvvatlovchi yangi Honor Magic 6 Pro flagmani, Honor Magic BookPro 16 noutbuki va Honor Pad planshetini taqdim etdi.

Foto: AP

“Biz sun’iy intellekt davriga qadam qo‘yar ekanmiz, Honor foydalanuvchilarning istak va ehtiyojlarini qondirish uchun mutlaqo yangi innovatsiyalarni joriy etishga intildi. Biz inson va qurilma o‘zaro ta’siri chegaralarini kengaytiradigan yangi Honor AI smartfonlari va noutbukining global sotuvga chiqarilishini e’lon qilishdan xursandmiz”, dedi kompaniya bosh direktori Jorj Chao.

Sun’iy intellekt asosida ishlovchi Honor Magic 6 Pro

Honor Magic 6 Pro ekran xususiyatlari, suratga olish sifati va sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlashi jihatdan innovatsion qulayliklarni taqdim etadi. Smartfonga Android 14 operatsion tizimi asosida ishlovchi MagicOS 8.0 dasturiy ta’minoti o‘rnatilgan. Bu sun’iy intellektdan foydalanishni yanada osonlashtiradi.

Magic Capsule va Magic Portal esa foydalanuvchilarga moslashtirilgan va intuitiv darajada tushunarli interfeys taqdim etadi. Ekran yuqori qismidagi bildirishnoma bannerini bosish orqali parametrlar oynasi kengayadi hamda qo‘shimcha ma’lumot va kerakli joyga tezkor kirish taklif qilinadi. Magic Portal’ning sun’iy intellekti matnli xabarlardagi manzillarni tezda taniydi va qulay navigatsiya uchun foydalanuvchilarni Google Map’ga yo‘naltiradi. Ekran TikTok va Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlar uchun ham ma’lumotlarga kirish va almashishni osonlashtiradi, bu esa foydalanuvchilarga birgina surish orqali onlayn qidiruv natijalarini yo‘naltirish imkonini beradi.

Ilova ishlab chiquvchilari bilan hamkorlik qilish orqali Magic Portal butun dunyo bo‘ylab eng ko‘p ishlatiladigan 100 dan ortiq ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydi va foydalanuvchilarga bir nechta platformalarda uzluksiz ishlashni taqdim etadi.

Honor va Qualcomm kompaniyalari Magic 6 Pro smartfoniga LLaMA2 deb nomlanuvchi katta til modelini integratsiya qilgan. Mazkur til modeli takomillashtirilgan sun’iy intellekt asosida ishlaydi va foydalanuvchilarga savol-javoblar, matn yaratish kabi turli vazifalarni bajarish imkonini beradi. Bu smartfonlarda sun’iy intellektni qo‘llashdagi yangi bosqich sifatida ko‘rilishi mumkin.

Texnik xususiyatlari

Honor Magic 6 Pro smartfoni 6,8 dyuymli LTPO displeyi bilan jihozlangan. Ularning yangilanish chastotasi 4320 Hz. Qurilma Honor NanoCrystal Shield ekrani bilan jihozlangan. Qattiqligi va tirnalishga chidamliligi bilan mashhur bo‘lgan kremniy nitridli oyna an’anaviy nanokristalli oynaga qaraganda 10 baravar mustahkamroq.

Smartfon Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 8 Gen 3 chipi bilan jihozlangan.

Bu CPU ishlash quvvatini 30 foizga, GPU ishlash quvvatini esa 25 foizga oshirgan. Qualcomm AI Engine dvigateli esa Magic 6 Pro’dagi sun’iy intellekt funksiyalarining ishlash darajasini oldingi modellarga qaraganda 98 foizga yaxshilagan. Bundan tashqari, Snapdragon 8 Gen 3 energiya quvvatini tejagan holda, mobil o‘yinlar o‘ynash imkonini beradi.

Smartfonga E1 quvvat boshqaruv chiplari o‘rnatilgan bo‘lib, akkumulyator sig‘imi – 5600 mAh. Telefon past haroratlarda ham ajoyib tarzda ishlaydi: foydalanuvchilar -20°C’da YouTube videolarini 81 daqiqa davomida ko‘rishlari mumkin, bu vaqt ichida batareyaning quvvati atigi 10 foiz sarflanadi. Bundan tashqari, Honor Super Charge 80W simli zaryadlash adaptori va Honor Wireless Super Charge 66W simsiz zaryadlash funksiyasi tufayli qurilmani atigi 40 daqiqada 100 foizgacha zaryadlash mumkin.

Smartfonning Falcon AI kamera tizimi 2,5x optik va 100x gacha raqamli zoom’ga ega 180 MP telefoto kamerani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Magic 6 Pro 50 MP ultra keng burchakli va o‘zgaruvchan diafragmaga ega 50 MP asosiy kamera bilan jihozlangan.

Honor Magic 6 Pro’dagi AI Motion Sensing Capture funksiyasi sakrash, raqs va jang san’atlari kabi ko‘plab sport turlaridagi unutilmas soniyalarni muhrlashda ayniqsa asqatadi.

Xalqaro e’tirof

Honor Magic 6 Pro DXOMARK global reytingida displey sifati bo‘yicha 157 ball to‘plab, birinchi o‘rinni egallagan. Bundan tashqari, DXOMARK versiyasi bo‘yicha, Magic 6 Pro suratga olish sifati, audio, ekran, batareya va selfi-kamerasi bo‘yicha tarmoqdagi eng yaxshi qurilma deb topilgan.

Eng kutilmagani – Porsche bilan hamkorlik

HONOR ko‘rgazmada Porsche Design kompaniyasi DNKsini o‘zida mujassam etgan buklanadigan Porsche Design HONOR Magic6 RSR smartfonini ham rasman taqdim etdi.

Yangi Honor Magic Book Pro 16 noutbuki va Honor Pad 9 plansheti

Honor eng yangi MagicBook 16 noutbukini ham taqdim etdi.

Noutbuk turli operatsion qurilmalar, bildirishnomalar sinxronizatsiya va smartfonlar, planshetlar hamda noutbuklarda fayllar va ilovalar bilan ishlashni ta’minlash uchun sun’iy intellekt texnologiyalariga ega.

Shuningdek, mobil formatdagi ish va o‘yin-kulgi uchun mo‘ljallangan Honor Pad 9 plansheti chiqariladi. Planshet 12,1 dyuymli 2,5K o‘lchamdagi ekran va 120 Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘lib, uch tomonda joylashgan sakkizta dinamikli audio tizimi bilan jihozlangan. Xaridorlar hujjatlar bilan ishlash uchun klaviaturani qo‘shimcha sotib olishlari kerak bo‘ladi

Yangi mahsulotlarning mavjud ranglari va narxlari

Honor Magic 6 Pro qora va to‘q yashil ranglarda, 1299 yevro (17,6 mln so‘m) boshlang‘ich narxlarda sotuvga chiqariladi.

Porsheʼning mashhur avtomobillariga hurmat yuzasidan Honor Magic V2 RSR smartfoni kulrang rangida 2699 yevro (36,6 mln so‘m) boshlang‘ich narxda taqdim qilinadi.

O‘z navbatida, Honor Magic Book 16 Pro noutbuki oq va tim qora ranglarda, Honor Pad 9 plansheti esa ikkita rang: kulrang va moviy ranglarda sotuvga chiqadi

Gadjetlar narxlari va O‘zbekiston bozoriga kelishi haqida kompaniya tomonidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim qilinadi.

Honor kompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

Ўхшаш янгиликлар