• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +14°C
Detail image

Turkiyaning “Cashm Barlas” kompaniyasi O‘zbekistonda poyabzal ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Uyushmada kompaniya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda investorlar bilan poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan yangi invest loyihani amalga oshirish masalasi muhokama etildi.

Turkiya kompaniyasiga mamlakatdagi charm-poyabzal sanoatiga ixtisoslashtirilgan kichik sanoat zonalari, investorlarga yaratilgan sharoit va ajratilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.

Muzokaralar davomida tomonlar investitsiya loyihasini amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar. Turk kompaniyasi mamlakatda turli modeldagi poyabzallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sarmoyaviy loyihani amalga oshirishni maqsad qilgan.

Loyihaning dastlabki qiymati $2 mlnni tashkil etadi. Uskunalarning 70%i Turkiyadan keltiriladi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida bino qurish va yangi korxona tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun viloyat hududida auksionga chiqarilgan charm sanoatiga ixtisoslashtirilgan yer maydonlaridan sotib olinadi.

Korxonada poyabzal modellarini ishlab chiqish bo‘yicha dizayner va texnolog kadrlarni tayyorlash yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun ushbu yo‘nalishda treninglar o‘tkaziladi.

Turkiyaning “Warboots” kompaniyasi O‘zbekistonda xavfsizlik poyabzallarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Loyihaning dastlabki qiymati $50 mlnni tashkil etib, ishga tushirilgach 4 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilib, $700 mlnlik mahsulot eksport qilish mumkin bo‘ladi.

Ўхшаш янгиликлар