• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Joriy yilning 3-avgust kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgazta'minot” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xususan, soat 10:00dan 18:00gacha quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi:

  • “Temuriylar” MFY, “Vatan” 1,2,3,4,5,6,7-tor ko‘chalari;
  • “Tabassum” ko‘chasi;
  • “Matonat” ko‘chasi;
  • “Soy bo‘yi” ko‘chasi;
  • “Bunyodkor” 1,2,3,4-tor ko‘chalaridagi jami 837 ta xonadon.

Qayd etilishicha bu vaqtda ta’mirlash ishlari olib boriladi, kompaniya yetkazilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ramoqda.

3-avgust kuni Toshkent shahrining Sergeli va Bektemir tumanlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi.

Poyaxt tumanlarida iste’molchilariga gaz yetkazib berish belgilangan vaqtlarda to‘xtatilib kelinmoqda.


Avvalroq 4-avgust kuni Toshkentning qaysi hududlarida elektr o‘chirilishi ma’lum bo‘lgandi.

Ўхшаш янгиликлар