• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27°C
Detail image

31-mart kuni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Frilanserlik — bu kelajak kasbi” mavzusida forum o‘tkaziladi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda frilanserlar tomonidan qanday qilib frilanserlik platformalarida ro‘yxatdan o‘tish va birinchi buyurtmani olish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.

Xususan, unda Full-stack dasturchi Jasur Nabijonov, “Upwork” platformasida Top rated darajasidagi frontend dasturchi Sabohat Qalandarova hamda “GDG” asoschisi Yusufjon Abdullayevlar ishtirok etadi.

Forumda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumotlarni +99855 501 03 02 raqami orqali olish mumkin.


Avvalroq o‘zbekistonlik frilanserlar 2022-yilda qariyb $12 mln daromad topgani haqida xabar berilgandi. Hududlar kesimida eng ko‘p daromad olgan frilanserlar Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi — $11,4 mln.

Ўхшаш янгиликлар