• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

“Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Prezident qarori (PQ-204-son, 12.04.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

“Yoʻl xarita” doirasida oʻzganing yeridan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) instituti yanada rivojlantiriladi.

Doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan yerdan foydalanish sohasidagi huquqiy munosabatlar takomillashtiriladi.

Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer ajratishning quyidagi tartibi joriy etildi:

  • temir yoʻl liniyalari va avtomobil yoʻllari uchun viloyat hokimlari qarori bilan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratiladi;
  • elektr, aloqa liniyalari, gaz, neft, suv va kanalizatsiya quvurlari, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi tarkibidagi ichki yoʻllar va kichik suv havzalari uchun yer ajratish talab etilmaydi (texnik talablarda belgilangan hollar mustasno). Bular uchun servitut belgilanadi;
  • servitut huquqi kelishuv shaklida, kelishuvga erishilmaganda esa sud qarori bilan rasmiylashtirilishi mumkin;
  • servitut belgilangan yer uchun yer soligʻi (ijara toʻlovi) yer mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijarachisi tomonidan toʻlanadi.

Qaror bilan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi tashkil etildi.

Ўхшаш янгиликлар