• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +4°C
Detail image

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarni himoya qilish qo‘mitasi “Yandex Go” taksi xizmatini O‘zbekistonda ustun mavqega ega deb topdi.

Qo‘mita tomonidan taksi xizmatlarini ko‘rsatish bozorida raqobat muhiti va xo‘jalik yurituvchilarning ustun mavqeini aniqlash ishlari joriy yilning ikkinchi choragida boshlangan.

Bozorning mamlakat hududida rivojlanishi turli darajada ekanligi va alohida jihatlari mavjudligi, “Raqobat to‘g‘risidagi” qonun va ustun mavqeni aniqlash mezonlarining o‘zgarganligi tahlil jarayoniga ma’lum darajada ta’sir qilgan.

Tahlil jarayonida mamlakat bo‘yicha jami 66ta faoliyat yuritayotgan korxonadan 58tasi dispetcherlik xizmati va 8tasi mobil ilova orqali agregator xizmatini ko‘rsatayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, bozor ulushlari va ko‘rsatilgan xizmatlari yuzasidan korxonalar ichida eng katta bozor ulushi — 86,3%i “Yandex Go"ga to‘g‘ri kelishi aniqlangan.

Mazkur xizmat bozorida sanoqli ishtirokchilar jami xizmatning asosiy qismini ko‘rsatayotgani va bu bozordagi holat xizmat narxi va sifatiga bir tomonlama ta’sir ko‘rsatish xavfi mavjudligi aniqlangan.

“Yandex Go” xizmatlari 1-dekabrdan O‘zbekiston hududida “YandexGo UB” soliq rezidenti tomonidan taqdim etila boshlandi. Undan oldin esa Soliq qo‘mitasi “Yandex Go” xizmatlarini taqdim etuvchi “Ridetech International” kompaniyasiga mamlakatdan ro‘yxatdan o‘tish va soliqlarni to‘lashni talab qildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 4-dekabr kuni qo‘mita “Raqobat to‘g‘risida"gi qonunining 13-moddasiga asosan “YandexGo UB” taksi agregatori bozorida ustun mavqega ega kompaniya sifatida tan olindi.

Qo‘mita bozordagi barcha ishtirokchilar tomonidan raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni, insofsiz raqobat, iqtisodiy konsentratsiya, ustun mavqei va muzokara kuchini suiiste’mol qilish kabi harakatlar monitoring qilinishini ta’kidladi.

“Yandex Go” xizmati mahalliylashtirlganidan keyin sayohatlar uchun fiskal kvitansiyalarni taqdim etishni boshladi. Shuningdek, O‘zbekistonda QQS to‘lash uchun mahalliy haydovchilardan olinadigan komissiyani oshirdi.

5-dekabrdan esa xizmat Toshkent uchun “Standart” tarifini bekor qildi. “Spot” mazkur vaziyat bo‘yicha agregatorning bir nechta haydovchilari bilan suhbatlashdi.

Xizmat tomonidan kiskal chek taqdim etila boshlangach, dastlabki olti kun ichida “Yandex Go” xizmatida 800 mingdan ortiq chek chiqarildi.

Ўхшаш янгиликлар