• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Jahon bankining “MUNIS” loyihasi “Innovative Capability Program” (ICP) dasturi doirasida kichik va o‘rta biznes vakillaridan grantlar uchun arizalar qabul qilmoqda. Bu haqda loyiha tashkilotchilari ma’lum qildi.

Dastur doirasida kichik va o‘rta biznes sohasida faoliyat yurituvchi korxonalarning innovatsion salohiyatini oshirish, ichki, mintaqaviy va jahon bozorlarida o‘z imkoniyatlarini yaxshilash uchun yangi yoki takomillashtirilgan mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarni ishlab chiqishga qaratilgan loyihalar moliyalashtiriladi.

Grant miqdori har bir loyiha uchun $50 mingni tashkil etadi hamda loyiha 12 oyda yakunlanishi kerak.

Bundan tashqari, qo‘shma moliyalashtirish bilan tadbirkorlar o‘z mablag‘lari, grant topshirayotgan yoki qo‘llab-quvvatlayotgan tashkilot va banklardan kredit asosida foydalanishlari mumkin.

Gant quyidagi sohalar bo‘yicha ajratilishi rejalashtirilgan:

  • agro-oziq-ovqat texnologiyalari;
  • tibbiyot va tibbiy texnologiyalar;
  • yangi materiallar va kimyoviy texnologiyalar;
  • konchilik va metallurgiya sanoati;
  • biotexnologiyalar va farmatsevtika;
  • mashinasozlik va avtomobilsozlik.

Arizalar joriy yilning 5-sentabrigacha app.wbgrants.uz portali orqali qabul qilinadi.

30-iyul kuni soat 10:00da “Biznesni rivojlantirish banki” binosida tanlov shartlari bo‘yicha Jahon bankining xalqaro ekspertlari ishtirokida seminar o‘tkaziladi. Unda ishtirok etish uchun bu yerda ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni havola orqali yoki +998 99 887 77 98 +998 94 353 90 45 telefonlari hamda munis@wbgrants.uz elektron pochtasidan olish mumkin.

Dasturga oid qo‘llanma bilan bu yerda tanishish, tanlovning Telegram guruhiga esa havola orqali ulanish mumkin.


Avvalroq fintex bo‘yicha startap tanloviga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Unda ishtirok etish uchun arizalarni 1-sentabrgacha jo‘natish mumkin.

Ўхшаш янгиликлар