• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Qozog‘istondagi “McDonald's” barcha restoranlarini vaqtincha yopmoqda. Bu haqda kompaniya saytida e’lon qilingan.

Xabarda keltirilishicha, mahalliy ta’minot cheklovlari tufayli 18-noyabrdan boshlab barcha restoranlar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.

“Kompaniya o‘z faoliyatini imkon qadar tezroq tiklash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, qo‘shimcha qilinishicha, restoranning ish vaqti keyinroq e’lon qilinadi.

Joriy yilning iyul oyida kompaniya “texnik sabablarga ko‘ra Qozog‘istondagi restoranlarini yopgandi.

Kompaniya mamlakatda 6 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Qozog‘istonning Olmaota, Ostona, Atirau, Aqto‘be, Qo‘stanay, Qarag‘anda shaharlarida 24 ta “McDonald's” restoraniga ega.

Ўхшаш янгиликлар