• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24.2°C
Detail image

“Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tashkil etiladi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi negizida esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tashkil etilishi belgilangan.

Institut va Oliy maktab faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari samarali amalga oshirilishini ta’minlash Institut tarkibida yuridik shaxs bo‘lmagan “Yer islohotlari markazi” tashkil etiladi.

Mazkur markaz hududlarda yer resurslaridan unumli foydalanish va ularni optimal taqsimlash orqali bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish yuzasidan muammolarni o‘rganish va amaliy takliflar tayyorlashga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, Oliy maktab tuzilmasida yuridik shaxs bo‘lmagan “Yashil iqtisodiyotni ilgari surish va joriy etish” loyiha ofisi va Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi ochiladi.

Bundan tashqari, Institut qoshida Tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi maqsadlarga yo‘naltirilishi belgilangan:

  • hududlar va sohalar kesimidagi muammolarni joylarga chiqib o‘rganish;
  • aholi va tadbirkorlar o‘rtasida so‘rovnomalar olib borish;
  • muntazam ravishda O‘zbekiston iqtisodchilar forumini tashkil etish;
  • xorijiy ekspertlarni jalb qilish;
  • xodimlarni moddiy rag‘batlantirish.

Avvalroq prezident qarori bilan O‘zbekistonda Suv hisobi axborot tizimi yaratilishi haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар