• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Ilon Mask Twitterni sotib olmoqchi. U kompaniyaning har bir aksiyasi uchun $54,2 qiymatni taklif etdi.

Agar bu kelishuv ro’y bersa Twitterning umumiy qiymati $43 mlrdga baholanadi.

Xabar e’lon qilingan vaqtda kompaniya aksiyalari narxi $45,85 ni tashkil etgan. Bu $36,71 mlrd kapitalizatsiyaga teng degani.

Taklif berilgan aksiyalar narxi 18% ga qimmatlashgan.

Aprel oyining boshida Ilon Mask ommaga Twitterning 9% aksiyasini sotib olganligini haqida oshkor etgan edi. Biroz o’tib kompaniya sarmoyadori o’z vaqtida e’lon qilmaganligi uchun Maskning ustidan sudga murojaat etdi.

Ma’lumot uchun: Twitterning yirik sarmoyadorlaridan biri, Saudiya arabistoni shahzodasi Al — Valid ibn Talal Al Saud Maskning taklifini rad etdi. Uning fikricha kompaniya taklif etilayotgan narxga munosib emas.

Ўхшаш янгиликлар