• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +26°C
Detail image

Rossiyaning “iFly” aviakompaniyasi yozgi mavsumda O‘zbekistonning ikkita shahriga parvozlarni amalga oshiradi. Bu haqda Sochi aeroporti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, kompaniyaning Urganch va Samarqandga reyslari ochilishi kutilmoqda.

iFly” aviakompaniyasi 2009-yili tashkil etilgan. Kompaniya faoliyati ichki va xalqaro yo‘lovchi va yuk qatnovlariga yo‘naltirilgan.

Avvalroq Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi 21-apreldan Moskvadan Samarqandga parvozlarni boshlashi ma’lum qilingandi.

Aviaqatnov haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Qaytish reyslari dushanba va juma kunlariga belgilangan.

Shuningdek, “Ural Airlines” Yekaterinburgdan O‘zbekistonning oltita shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi.

Aviaqatnov joriy yilning yozida Qarshi, Farg‘ona, Nukus, Navoiy, Urganch hamda Buxoroga amalga oshiriladi.

Ўхшаш янгиликлар