• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24.2°C
Detail image

Amerikaning “Forbes” jurnali dunyodagi eng boy odamlarning 37-yillik reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Bernard Arno $211 mlrd boylik bilan egalladi. Ikkinchi o‘rinda esa $180 mlrd bilan Ilon Mask egallab turibdi.

Kuchli beshlikda Jeff Bezos $114 mlrd, Larri Ellison $107 mlrd, Uorren Baffet $106 mlrd boylik bilan turibdi.

Reytingdagi o‘rni
Ismi
Boyligi
1
Bernard Arno va oilasi
$211 mlrd
2
Ilon Mask
$180 mlrd
3
Jeff Bezos
$114 mlrd
4
Larri Ellison
$107 mlrd
5
Uorren Baffet
$106 mlrd
6
Bill Geyts
$104 mlrd
7
Maykl Blumberg
$94,5 mlrd
8
Karlos Slim Elu va oilasi
$93 mlrd
9
Mukesh Ambani
$83,4 mlrd
10
Stiv Balmer
$80,7 mlrd


Rossiyaning eng boy 20 ta milliarderi

Mazkur reytingga asoslanib, “Forbes Russia” nashri Rossiyadagi 20 ta eng boy tadbirkorlar ro‘yxatini tuzdi.

Ro‘yxatda birinchi o‘rinni bu yil ilk martaEuroxim” va “SUEK” asoschisi Andrey Melnichenko egalladi. Uning boyligi yil davomida ikki barobardan ko‘proq o‘sib, $25,2 mlrd.ni tashkil etdi.

Reytingning ikkinchi pogonasida “Norilsk Nikel” kompaniyasining eng yirik aksiyadori Vladimir Potanin joylashgan. Uning boyligi $23,7 mlrdga baholangan.

O‘tgan yilgi yetakchi, “NLMK” egasi Vladimir Lisin bir yil davomida boyligi 3,7 mlrdga oshib, $22,1 mlrdga yetganiga qaramay, uchinchi o‘ringa tushib ketdi.

Millarder Alisher Usmonov $14,4 mlrd boyligi bilan reytingda 8-o‘rinni, “Telegram asoschisi Pavel Durov esa $11,5 mlrd boylik bilan 10-o‘rinni egalladi.

Reytingdagi o‘rni
Ismi
Boyligi
1
Andrey Melnichenko
$25,2 mlrd
2
Vladimir Potanin
$23,7 mlrd
3
Vladimir Lisin
$22,1 mlrd
4
Leonid Mixelson
$21,6 mlrd
5
Aleksey Mordashov va oilasi
$20,9 mlrd
6
Vagit Alekperov
$20,5 mlrd
7
Gennadiy Timchenko
$18,5 mlrd
8
Alisher Usmonov
$14,4 mlrd
9
Mixail Fridman
$12,6 mlrd
10
Pavel Durov
$11,5 mlrd
11
Vyacheslav Kantor
$11,3 mlrd
12
Mixail Proxorov
$11,3 mlrd
13
Suleyman Kerimov va oilasi
$10,5 mlrd
14
Viktor Rashnikov
$10,2 mlrd
15
Andrey Guryev va oilasi
$9,7 mlrd
16
Roman Abramovich
$9,2 mlrd
17
Tatyana Bakalchuk
$8,8 mlrd
18
German Xan
$8,2 mlrd
19
Leonid Fedun
$8 mlrd
20
Andrey Skoch va oilasi
$7,9 mlrd

Avvalroq “Spot” “Bloomberg Billionaires Index” reytingi natijalariga ko‘ra, Alisher Usmonov $19,7 mlrdlik daromadi bilan 81-o‘rinni egallagani haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар