• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishga tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tavsiyanomalar xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun taqdim etiladi.

Xotin-qizlar tanlovda ishtirok etishlari uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

  • kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. (oilaning har bir a’zosiga belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila);
  • to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
  • turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;
  • nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
  • ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
  • ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma mazkur mezonlarga mos kelgan, umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega bo‘lgan talabgor xotin-qizlarga beriladi.

Talabgor ariza to‘ldirayotganda pasport seriyasi va tug‘ilgan kuni, oy va yili ma’lumotlarini kiritib, ma’lumotlari platformada saqlanishi bo‘yicha rozilik berganidan so‘ng, keyingi sahifaga o‘tiladi. Unda yashash manzili (hududi, tumani, mahallasi, ko‘chasi va uy raqami) to‘liq kiritiladi.

Shundan so‘ng talabgor belgilangan 6ta mezondan qaysi biriga to‘g‘ri kelsa, shuni tanlaydi va saqlash tugmasini bosganidan keyin unga SMS-kod keladi. Ariza SMS orqali yuboriladigan kod bilan tasdiqlanadi.

Arizalarni joriy yilning 8-iyunigacha xotin-qizlar.uz platformasi orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Hozirda xotin-qizlardan OTMlarda o‘qish uchun tavsiyanomaga arizalar qabul qilinmoqda. Nomzodlar mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yillik stajga ega, OTMda tahsil olmagan bo‘lishi kerak. Arizalar 1-iyungacha qabul qilinadi.

Ўхшаш янгиликлар