• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Joriy yilning 5-iyunidan 2024−2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlangandi.

Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bilim va malakalarni baholash agentligi abituriyentlarga muhim eslatma bilan chiqdi.

Xususan, 25-iyun — oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni bo‘lib, shu kuni soat 23:59da ro‘yxatdan o‘tish to‘liq yakunlanadi.

Qabulning so‘nggi kunlarida ro‘yxatdan o‘tuvchi abituriyentlar soni keskin ortadi va abituriyentlar shoshilib ro‘yxatdan o‘tishni boshlaydi.

Agentlik ro‘yxatdan o‘tish uchun qabulning so‘nggi kunlarini kutmaslikni, imkoni boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘tishni hamda test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishni so‘ramoqda.

Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi (fanlar ketma-ketligini inobatga olgan holda), ta’lim tili va test topshirish hududini tanlashda e’tiborli bo‘lish zarur.

25-iyun kuni soat 23:59gacha abituriyentlar barcha ma’lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin (to‘lov qilingan bo‘lsa ham). Lekin qabul yakunlangandan so‘ng buning imkoni bo‘lmaydi.

Joriy o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.

Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi.

“Spot” avvalroq oliy va professional ta’lim muassasalariga qanday qilib onlayn ro‘yxatdan o‘tish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanma taqdim etgandi.

Ўхшаш янгиликлар