• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24.2°C
Detail image

Singapurning “Changi Airports International” aviakompaniyasi bilan “Toshkent” xalqaro aeroportini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilinadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston-Singapur biznes-forumi doirasida “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva va “Changi Airports” bosh direktori Yudjin Gan o‘rtasida shartnoma imzolangan.

“Bugungi kunda, tig‘iz soatlarda terminallar yo‘lovchilarni deyarli sig‘dira olmay qolmoqda va samolyotlar uchun to‘xtash joylari ham yetarli emas. Shu bois yangi aeroport qurish masalasi ustida ishlayapmiz. Maslahatchilar sifatida biz dunyodagi eng ilg‘or aeroport — “Changi Airports"ni taklif qildik”, — dedi “Uzbekistan Airports” boshqaruvi raisi Ra’no Jo‘rayeva.

Qayd etilishicha, mazkur kompaniya xalqaro xab yaratish va yangi havo bandargohini qurishda texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqadi.

Shu bilan birga, kompaniya vakillari bir vaqtning o‘zida mavjud aeroport faoliyatini aviatsiya va noaviatsion faoliyat nuqtai nazaridan optimallashtirish bo‘yicha konsalting bilan shug‘ullanadi.

Bitim imzolangandan so‘ng tomonlar tez orada quyidagi ikki yo‘nalish bo‘yicha ish boshlaydi:

  • aeroport faoliyatini optimallashtirish, jumladan, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning raqobatbardoshligi va sifatini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va yo‘lovchilar oqimini oshirish;
  • yangi Toshkent aeroporti loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish.

Joriy yilning yanvar oyida Singapur kompaniyasi bilan strategik hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Loyihaning umumiy qiymati $1 mlrdgacha yetishi ta’kidlangandi.


Aprel oyida “Toshkent” xalqaro aeroportining ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagi rekonstruksiyadan keyin ochilgandi.

Ўхшаш янгиликлар