• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24°C
Detail image

“Spot” tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab beruvchi “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi.

Bu safargi materialda “Asia Pharm Group” kompaniyasi asoschisi Oybek Dusmatov bilan suhbatlashdik.

U ish faoliyati davomida asosan nimalardan foydalanishi haqidagi savollarga javob berdi.

Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:


Ish stolimda odatda unchalik ko‘p narsa bo‘lmaydi. Ko‘p devayslar ham turmaydi. Har doim ishlatadigan narsalarimdan biri — bu noutbuk va telefon.

Oldin ko‘zoynak taqmas edim, yaqindan boshladim ko‘zoynak taqishni.

oybek dusmatov, ryukzagda nima bor

Ish stolimda 3ta har xil turdagi yondaftarlar turadi. Ulardan turli vaqtlarda foydalanaman, ya’ni ishdagi uchrashuvlarda qisqa ma’lumotlarni yozish uchun, chet el safarlarida olib yurishim uchun alohida yondaftarlarim ham bor.

Ko‘pincha chet el safarlarida bo‘lganim uchun iPhonedagi “Eslatma” ilovasidan foydalanaman. Ishda yoki ko‘chada bo‘lsam ham unga uchrashuvlarimni yoki kerakli ma’lumotlarni yozib boraman.

Ryukzagimni ichidagi narsalar haqida aytadigan bo‘lsam, xorijga chiqish pasporti, chunki Toshkentda vaqtimda ryukzagdan foydalanmayman, asosiy uchrashuvlarim ishxonamda o‘tadi. Shuning uchun ryukzagni chet el safarlarimda ishlataman.

Shuningdek, quloqchinim bor. To‘g‘risini aytaman, kitob o‘qishni yaxshi ko‘rmayman. Lekin audiokitoblar va podkastlar ko‘p eshitaman. Shuning uchum doimo quloqchin yonimda bo‘ladi.

oybek dusmatov, ryukzagda nima bor

Keyingisi bu mening tashrif qog‘ozlarim, baribir uchrashuvlarda hozirda tashrif qog‘ozlaridan foydalaniladi. Shuning uchun ularni o‘zim bilan olib yuraman.

Ikkinchi telefonim bor, safarda ishlataman. Turkiyaga borganimda foydalanganim uchun Turkiya SIM-kartasi solingan.

oybek dusmatov, ryukzagda nima bor

Hamyonim bor, uni ichida chet elda ishlatiladigan VISA kartalarim bor. Ruchka va Turkiyadagi uyimning kalitini o‘zim bilan olib yuraman.

Va albatta eng kerakli narsalardan biri — bu joynamoz. Chunki safarlarda har doim ham namoz o‘qishga imkon bo‘lmaydi, shu sababli joynamozni doim yonimda olib yuraman.

Mana shu narsalardan ish faoliyatim davomida foydalanaman.

Ўхшаш янгиликлар