• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24.2°C
Detail image

5-maydan boshlab Rossiyaning “S7 Airlines” aviakompaniyasi Irkutsk-Farg‘ona-Irkutsk yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni tiklaydi, deya xabar bermoqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati.

Reyslar Boeing 737−800 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda “S7 Airlines” aviakompaniyasi Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch va Namangan xalqaro aeroportlariga parvozlarni amalga oshirmoqda.

“S7 Airlines” aviakompaniyasi 2022-yil 23-fevralda Yekaterinburg-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygandi.

“S7 Airlines” — shtab-kvartirasi Novosibirskda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi. U Rossiyadagi eng yirik xususiy aviatashuvchi boʻlib, 26 mamlakatning 180 dan ortiq shaharlariga yo’lovchi tashuvlarini amalga oshiradi.


Avvalroq “Spot” “China Southern Airlines” Pekin va Toshkent o‘rtasidagi qatnovlarni tiklayotgani haqida yozgandi.

Birinchi yo‘lovchi reysi 26-martga mo‘ljallangan bo‘lib, parvozlar haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Ўхшаш янгиликлар