• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +26°C
Detail image

E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” toʻgʻridan-toʻgʻri bank bilan bogʻlanishni tavsiya qiladi.


“Spot” O‘zbekiston banklaridagi kobeyjing kartalarini chiqarish shartlarini rganib chiqdi.

Hozirda bunday kartalarni mavjud 34 ta bankdan 11 tasida ochish mumkin. Karta ochish narxi esa 30 mingdan 50 ming so‘mgacha.

Kobeyjing kartalarining boshqalardan farqi shundaki, kartaning old tomonida ikkita to‘lov tizimining logotiplari joylashgan. Bular “Uzcard-Mastercard”, “Uzcard-UnionPay”, “Humo-Visa”, “Humo-Mastercard” bo‘lishi mumkin.

Chet elda to‘lovlarni amalga oshirayotganda kartadagi pul avtomatik ravishda karta egasi istiqomat qiladigan mamlakat valyutasiga konvertatsiya qilinadi.

“Aloqabank” va “Asia Alliance Bank” “Uzcard-MIR” kartalarini chiqarishda davom etmoqda. O‘zbekiston hududida ular doimiy rejimda ishlaydi.

O‘tgan yilning sentabr oyida “Uzcard” xorijda “Uzcard-MIR” kobeyjing kartalari faoliyatini to‘xtatdi. Joriy yil boshida Markaziy bank raisi banklar “MIR” kartalariga xizmat ko‘rsatishni qayta yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan, biroq aniq sanalarni aytmagan.

Roʻyxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar bank veb-saytlaridan va call-markazlaridan olingan.

Bank nomi
Karta turi
Chiqarish (ming so‘m)
Sug‘urta depoziti
Naqd pul yechib olish*
Tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov
Agrobank
HUMO-Visa
45 000
-
1%
0,5%
UZCARD-Mastercard
-
1%
0,5%
UZCARD-UnionPay
$10
1,5%
0,5%
Asakabank
HUMO-Mastercard
34 500
15 000
1,5%
0,5%
UZCARD-Mastercard
52 900
15 000
1,5%
0,5%
Aloqabank
UZCARD-UnionPay
30 000
100 000
1%
-
UZCARD-“МIR”
100 000
-
-
Asia Alliance Bank
UZCARD-UnionPay
50 400
50 000
-
-
UZCARD-“МIR”
50 000
-
-
Davrbank
UZCARD-UnionPay
30 000
-
-
-
Garantbank
UZCARD-UnionPay
56 000
-
1%
1%
Ipoteka bank
HUMO-Visa
30 000
-
1%
-
HUMO-Mastercard
-
1%
-
Mikrokreditbank
UZCARD-UnionPay
45 000
-
1%
-
Poytaxt Bank
UZCARD-UnionPay
45 000
-
1%
-
Turonbank
HUMO-Visa
36 000
$10
2%
0,5%
Ziraat Bank Uzbekistan
UZCARD-Mastercard
50 000
50 000
1%
-

*Mamlakat ichida uchinchi tomon bankomatidan naqd pul olinganda komissiya foizi. Shu bilan birga, komissiya nafaqat kartani chiqargan bank tomonidan, balki bankomatga ega bo‘lgan bank tomonidan ham olinadi. Shuningdek, komissiya bankomat qaysi to‘lov tizimiga tegishli ekanligiga qarab o‘zgaradi. Shu sababli, ba’zi hollarda, jadvalda ko‘rsatilganidan ko‘ra ko‘proq komissiya olinishi mumkin.

Ўхшаш янгиликлар