• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +24°C
Detail image

Rossiya kompaniyalari “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” 25-yillik xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasida “Made in Russia” brendi ostida innovatsion echimlarni taqdim etadi.  Mazkur ko’rgazma joriy yilningl 18–20-may kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz”  milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi. 

“Made in Russia” ekspozitsiyasida neft-gaz sanoatining ilg‘or ishlanmalari va texnologiyalari  namoyish etiladi. Bu esa o’z ornidz rossiyalik ishlab chiqaruvchilar yuqori texnologiyali  innovatsiyalar va sinovdan o‘tgan tajribalarni muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirganini yana bir bor  namoyish etadi. Rossiyada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan va xalqaro maydonda faol  ravishda o'z ishtirokini kengaytirayotgan 44 ta kompaniya mazkur ko’rgazmada o'z  mahsulotlarini namoyish etadi. 

Eksponatar orasida metan sizib chiqishini aniqlash uskunalari, rezbali ulanishlar sifatini  nazorat va qayd qikish innovatsion uskunalar, laboratoriya tekshiruvlari uchun mikrosuyuq  platforma, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlarini neyron tarmoqlarini optimallashtirish va  neft qazib olish samaradorligini oshirish texnologiyasi ko’rgazmada namoyish etiladi. 

OGU 2023 ko‘rgazmasi doirasida ishtirokchilar kelajak hamkorlar, shuningdek, O‘zbekiston va  boshqa mamlakatlar yoqilg‘i-energetika kompleksi rahbarlari va mutaxassislari bilan bir qator  biznes uchrashuvlar o‘tkazadilar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qiladilar. Rossiya  kompaniyalari vakillari o‘z mahsulotlarini taqdim etgan holda tajriba va ilg‘or hamkorlik  amaliyotlari bilan o‘rtoqlashadilar, neft va gaz sanoatini xavfsizroq va ekologik jihatdan  qulayroq qilish imkoniyatlarini muhokama qiladilar. 

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2023” ko‘rgazmasi neft va gaz sanoatini rivojlantirish va turli  mamlakat kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun asosiy  platforma hisoblanadi. Unda 16 davlatdan 7000 dan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.  Ko’rgazmani O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining rasmiy ko‘magida Iteca Exhibitions kompaniyasi tashkil etmoqda. 

*«Made in Russia» brendi Rossiyaning milliy brend bo'lib, o’z nomi ostida Rossiya kompaniyalarining xalqaro ko'rgazmalar va biznes missiyalarida ishtirokini ta’minlaydi. Brend mahalliy mahsulotlar,  xizmatlar, ishlab chiqaruvchilarning loyihalari, ichki hamda xalqaro bozorlarda tan olinishini oshirishga  yordam beradi. Rossiya kompaniyalari aynan “Made in Russia” brendi ostida Toshkentda boʻlib  oʻtadigan OGU-2023 25-xalqaro koʻrgazmasida neft-gaz sohasida oʻz texnologiyalari va ishlanmalarini  taqdim etadi. 

OGU – bu neft va gaz sanoati mutaxassislari, yetakchi ekspertlar, tegishli davlat organlari vakillari,  ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni bir joyda jamlovchi O‘zbekistondagi eng yirik yillik ko‘rgazmasii.  OGU har yili neft-gaz sanoatidagi dolzarb muammolar va masalalarga zamonaviy yechimlarni taqdim  etadi. Mazkur ko‘rgazma tegishli idoralar va xalqaro neft-gaz kompaniyalari vakillari o‘rtasidagi o‘zaro  hamkorlikning samarali mexanizmi hisoblanadi

 

Manba:http://ogu-madeinrussia.com

Ўхшаш янгиликлар