• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +20°C
Detail image

Vazir «bu yo‘l bilan olingan iqrorlar qiymati barchaga yaxshi ma’lum» ekanini ta’kidlagan.

Foto: Getty Images

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin «Krokus Siti Holl»da sodir etilgan teraktni tergov qilayotgan Rossiya huquq-tartibot organlari xalqaro huquq normalari va prinsiplariga, ayniqsa aybsizlik prezumpsiyasi va qiynoqlarga taqiq haqidagi qismiga rioya etishi kerakligini aytdi. «Aziya-Plyus» nashri xabariga ko‘ra, u bu haqda 12 aprel kuni Minskda MDH davlatlari tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida to‘xtalib o‘tgan. 

«Ochiq axborot maydonida terrorchilik akti sodir etishda gumonlanayotganlarga tan jarohati yetkazish tarzidagi qiynoqlar qo‘llangan holda hibsga olingani aks etgan tasvirlarni namoyish etishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bu yo‘l bilan olingan iqrorlar qiymati barchaga yaxshi ma’lum», — degan vazir.

TIV rahbari shuningdek «yaxshi o‘ylanmagan axborot kampaniyasi» natijasida «Tojikiston fuqarolari va tojiklarga nisbatan salbiy tushuncha shakllanayotgani»ni qayd etib o‘tgan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston terakt bo‘yicha tergov xolis va adolatli bo‘lishini, barcha: «tashkilotchilar ham, ijrochilar ham, sheriklar ham, ushbu qo‘rqinchli jinoyat buyurtmachilari ham» jazoga tortilishini kutmoqda.

Avvalroq Tojikiston bandlik vazirligi «Krokus» teraktidan keyin Rossiyada tojikistonliklarga zulm o‘tkazish holatlari ortgani va mamlakat fuqarolari Rossiyani yoppasiga tark eta boshlagani haqida ma’lum qilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda «Krokus» uchun «qasos» sifatida ushbu respublika vakillariga qilingan hujumlar haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

  • 22 mart kuni kechqurun qurollangan shaxslar Moskva chekkasidagi Krasnogorsk shahrida «Krokus Siti Holl» konsert zaliga bostirib kirgandi. Ular «Krokus» xodimlari va konsertga kelganlarni o‘qqa tutgan, keyin esa zalga o‘t qo‘yib yuborgandi. Natijada 144 kishi halok bo‘ldi, 500 dan ortiq kishi yaralangan.
  • 25 mart kuni Moskvadagi Basmanniy rayon sudi teraktni ijro etishda gumonlanayotgan to‘rt kishini qamoqqa oldi — Dalerjon Mirzoyev, Saidakrami Rajabalizoda, Muhammadsobir Fayzov va Shamsiddin Fariduni. Sud zalida olingan fotosuratlar va videolarda ayblanuvchilar kaltaklangani izlari ko‘rinib turgan: Mirzoyevning bo‘ynida qiynoq chog‘ida qo‘llangan paket parchasi qolgan, Rajabalizodaning bir qulog‘i bintlangan, qo‘lga olish chog‘ida kuchishlatar idoralar xodimlari uning o‘ng qulog‘ining bir qismini kesib olib, og‘ziga solib qo‘yishgandi, Fayzovni esa sudga katalkada olib kelishgan — telegram-kanallarda tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, qo‘lga olish chog‘ida uning bir ko‘zi o‘yib olingan.
  • Terakt bo‘yicha jami 11 kishi qo‘lga olingan. Ularning bir nafaridan boshqa barchasi — Tojikiston fuqarolaridir.

Ўхшаш янгиликлар