• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +21°C
Detail image

Smolensk, Lipetsk va Voronej viloyatlari rasmiylari Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining tungi hujumlari haqida xabar berdi. Smolensk viloyatida dron zarbalaridan keyin yong‘inlar boshlandi.

Foto: itlevenko/Pond5/IMAGO

Rossiyaning qator viloyatlari rasmiylari 24 aprel, chorshanbaga o‘tar kechasi Ukraina dronlarining hujumlari haqida xabar berdi. Smolensk viloyati gubernatori Vasiliy Anoxinning so‘zlariga ko‘ra, bir qator yonilg‘i-energetika obektlari hududida uchuvchisiz uchoqlar zarbalaridan keyin yong‘inlar boshlangan. «Dushmanning fuqarolik yonilg‘i-energetika obektlariga hujumi natijasida Smolenskiy va Yarsevo tumanlarida yong‘in sodir bo‘ldi», — deb yozdi gubernator Telegram-kanalda.

Astra Telegram-kanali mahalliy aholining so‘zlariga tayanib, Yarsevo tumanidagi Smolensk neftni qayta ishlash zavodi yonayotgani haqida xabar berdi. Umuman olganda, hudud aholisi neftni qayta ishlash zavodi yaqinida to‘rt-beshta portlash ovozini eshitgan, deb yozadi Astra. 

Lipetsk gubernatori Igor Artamonovning ma’lum qilishicha, bitta UUA Lipetsk sanoat zonasida qulagan. Artamonovning so‘zlariga ko‘ra, «obekt hujumga uchradi, turar joy hududiga hujum xavfi yo‘q», shuning uchun shaharda sirenalar yoqilmagan. 

Shu bilan birga, Uniannet Telegram-kanalining xabar berishicha, Lipetskda UUA harbiy texnika uchun shassilar ishlab chiqaradigan traktor zavodiga ham hujum qilgan. 

Voronej rasmiylari 24 soat ichida to‘rtta dron hujumi sodir etilganini ma’lum qildi. Gubernator Aleksandr Gusev 23 aprel kuni kechga yaqin mintaqada radioelektron urush va havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan reaktiv tipdagi uchuvchisiz uchoq urib tushirilganini bildirdi. Taxminan bir yarim soat o‘tgach, u samolyot tipidagi UUA yo‘q qilinganini aytib o‘tdi. Voronejdagi shaxsiy uylardan biriga dron qoldiqlari tushgan. Taxminan 1 kvadrat metr maydonga ega chuqurlik hosil bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan. 

Keyinroq gubernator Voronejga yaqinlashganda yana ikkita dron yo‘q qilinganini aytib o‘tdi.

Ўхшаш янгиликлар