• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +25.9°C
Detail image

Tailandda o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi yarimfinali doirasidagi ikkinchi uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi turnirning favoriti Eronga qarshi parketga tushdi.

Bangkokdagi uchrashuvning asosiy vaqtida vakillarimiz forslar bilan jangovar durang qayd etishdi – 3:3. Abror Axmetjanov dublga erishgan bo‘lsa, eronliklarning yana ikkita goli avtogol sifatida vakillarimiz nomiga yozildi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmagach, hakamlar jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif etishdi. Unda omad forslarga kulib boqdi – 5:4.

Shu tariqa, Eron finalga yo‘llanma olib, 28 aprel kuni Osiyo chempionligi nomi uchun mezbon Tailandga qarshi parketga tushadi. O‘zbekiston esa 3-o‘rin uchun bahsda Tojikistonga qarshi o‘ynaydi. Bronza uchun bahs ham 28 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Futzal. Osiyo kubogi-2024. Yarim final
O‘zbekiston – Eron – 3:3. Penaltilar seriyasi – 4:5.
Gollar
: Sunnatulla Jo‘rayev 7, Abror Axmetjanov 18, 35 – Mashrab Odilov 6 avtogol, Abror Axmetjanov 24, Behro‘z Azimi 28.
O‘zbekiston: 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiyev, 6.Ilhom Hamroyev, 8.Husniddin Nishonov, 9.Elbek To‘lqinov.
Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnatulla Jo‘rayev, 7.Dilshod Rahmatov, 10.Akbar Usmonov, 11.Abror Axmetzyanov, 13.Mehroj Xudoyberdiyev, 14.Samariddin Berkinov.
Eron: 1.Bagir Muhammadiy, 5.Muhammad Hussayn, 10.Salar Og‘apur, 11.Mahdi Karimi, 14.Behruz Azimi.

Ўхшаш янгиликлар