• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +17°C
Detail image

2022-yilda dunyodagi 1 milliarddan ortiq odam yoki har sakkizinchi kishining bir nafari ortiqcha vazndan aziyat chekkan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Lancet jurnalida nashr etilgan tadqiqotga asoslanib xabar bermoqda.

“1990-yildan buyon kattalar orasida semizlik holati dunyoda ikki baravar ko‘paydi. Bolalar va o‘smirlar (5 yoshdan 19 yoshgacha) orasida esa ko‘rsatkich to‘rt baravarni tashkil etadi”, — deyiladi JSST xabarida.

Tadqiqotga ko'ra, to‘yib ovqatlanmaslik — ko‘lamning pasayishiga qaramay — aholining ko‘p sonli guruhlari, ayniqsa, janubi-sharqiy Osiyo va Afrikaning Sahroi Kabirdan janubiy qismida jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, to‘yib ovqatlanmaslik 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limiga olib keluvchi holatlarining yarmini tashkil etadi.

O‘z navbatida, semizlik yurak-qon tomir tizimiga oid, shuningdek, diabet va saraton kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga olib kelishi mumkin, deya ogohlantiradi JSST.

“Yangi tadqiqot semizlikning oldini olish va davolashda to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va sifatli tibbiy yordam muhim ekanini ko‘rsatmoqda”, — dedi JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, semizlikka qarshi kurashishdagi global maqsadlarga erishish uchun ilmiy tadqiqotlar, hukumatlar va jamiyatning jamoaviy sa’y-harakatlari hamda JSST ko‘magidagi sog‘liqni saqlash muassasalari talab qilinadi. Gebreyesus mahsulotlarining iste’molchi salomatligiga ta’siri uchun javobgar bo‘lgan xususiy sektorning hamkorligi ham zarurligini ta’kidladi.

Ўхшаш янгиликлар