• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +13°C
Detail image

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning Bishkekdagi akademiyasi 2023-yilgi magistratura dasturlariga arizalar qabul qilmoqda.

Dasturda siyosiy fanlar, xavfsizlikni o‘rganish, xalqaro munosabatlar, nizolarning oldini olish, xalqaro rivojlanish tadqiqotlari va iqtisodiyot kabi mutaxassislikka ega nomzodlar qatnashishi mumkin.

Unga “Iqtisodiy boshqaruv va taraqqiyot” hamda “Siyosat va xavfsizlik (Markaziy Osiyo)” yo‘nalishlari bo‘yicha 60 nafargacha talabalarni qabul qilish belgilangan.

O‘qish 2023-yilning 1-sentabirda boshlanib, 2025-yilning 28-fevralida yakunlanadi.

Dasturga qabul qilingan talabalar 2023-yilning 7−30-avgust kunlari yozgi tayyorlov kurslariga jalb qilinadi.

Nomzodlar quyidagi qabul mezonlariga javob berishi kerak:

  • tegishli soha bo‘yicha bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
  • ingliz tilini yaxshi bilish (til bilish sertifikati talab etilmaydi);
  • Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston yoki YXHTning ishtirokchi davlatlari fuqarosi bo‘lish.

Qabul qilingan talabalar o‘quv to‘lovidan ozod etiladi hamda 18 oy davomida har oy 360 yevro stipendiya ajratiladi.

Bishkekga borish xarajati qoplab beriladi hamda tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi.

Arizalarni 2023-yilning 15-yanvarigacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Ўхшаш янгиликлар