• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +28°C
Detail image

Avvalroq “Spot” Yevropa ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning o‘n birinchi paketini qabul qilgani haqida yozgandi.

21-iyunda kelishilgan chora-tadbirlar, birinchi navbatda, ilgari kiritilgan cheklovlarni chetlab o‘tishning oldini olishga qaratilgan.

Yevrokomissiya ularni ishlab chiqish davomida amalda sanksiyalarni qo‘llash bo‘yicha o‘tgan yil davomida to‘plangan tajribadan foydalanilganini qayd etadi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlaganlikda gumon qilingan 87 kompaniya va tashkilot kiritilgan. Bunga Eron, Xitoy, BAA, Suriya, Armaniston va O‘zbekiston yuridik shaxslari kiradi.

Xususan quyidagi xorijiy kompaniyalar sanksiyalar ostida qoldi:

  • “Alfa Beta Creative LLC” va “GFK Logistics Asia LLC”, O‘zbekiston;
  • TakoLLC", Armaniston;
  • “Success Aviation Services FZC” va “I Jet Global DMCC”, BAA;
  • “I Jet Global DMCC”, Suriya;
  • “Asia Pacific Links Ltd.”, “Tordan Industry Limited” va “Alpha Trading Investments Limited”, Gonkong.

Sanksiyaga ega boʻlgan subyektlar ikki maqsadli tovarlar va yuqori texnologiyali mahsulotlarni yetkazib berishga nisbatan qattiqroq cheklovlarga duch keladilar.

Shuningdek, YeI 15 turdagi texnologik mahsulotlar va ular uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar eksporti ustidan nazoratni kuchaytiradi.

Bundan tashqari, sanksiyalarni chetlab o‘tishga qarshi kurashning yangi mexanizmi joriy etilmoqda.

Sanksiya doirasida Yevropa Ittifoqi uzoq vaqt davomida chetlab o‘tish uchun foydalanish xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlarga ma’lum tovarlar yoki texnologiyalarni sotish, yetkazib berishni cheklashi mumkin.

Yevropa Komissiyasining ta’kidlashicha, bu mexanizm ekstremal holatlarda qo‘llaniladi. U faqat kamroq qat’iy choralar va hukumat bilan to‘gridan-to‘gri aloqa cheklovlarni chetlab o‘tishni o‘zgartira olmasa faollashadi.

Sanksiyalardan qochishning oldini olish uchun YeI Rossiya hududi orqali ayrim tovarlarning tranzitiga qo‘yilgan taqiqni kengaytiradi.

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasida ro‘yxatdan o‘tgan yuk mashinalari va tirkamalarda blok mamlakatlariga tovarlarni tashish taqiqlanadi.

May oyida 35 ta kompaniya, jumladan, O‘zbekiston ham Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalari ostida qolishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, ittifoq umuman davlatlarga nisbatan cheklovlar qo‘yish niyatida emasligini bir necha bor ta’kidlagan.

Mart oyi oxirida Qozogʻiston Rossiyaga yuk tranzitini kuzatish boshlanganini eʼlon qildi. Respublika hukumati YeOIIning boshqa davlatlari bilan savdo qilishda tovarlar uchun majburiy jo‘natish hisob-fakturalarini joriy qildi.

Ўхшаш янгиликлар