• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Yakkasaroy tumanidagi “Pushkin” hiyobon hududini zamonaviy suv tushar bog‘ barpo etish bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tumani hokimi Nilufar Allabergenova “Pushkin” hiyobonida aholiga qulayliklar yaratish maqsadida bog‘ hududi zamonaviy dizaynda bo‘lishi haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, “Koç Construction” qurilish kompaniyasi mas’uli Bahri Saka uchrashuv ishtirokchilariga bog‘ hududida olib boriladigan ishlarning loyihasi bilan tanishtirib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, tumandagi “Shota Rustaveli” ko‘chasini 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi, gastronomik turizm ko‘chasiga aylantiriladi.

Xorijiy va mahalliy sayyohlar tashrif buyuradigan tunu-kun faoliyat ko‘rsatadigan savdo, ko‘ngilochar, gastronomik va turizm ko‘chasiga aylantirish, ushbu ko‘chadagi mavjud bino va inshootlarni zamonaviy qiyofaga keltirish, jumladan, qurilish-ta'mirlash, rekonstruksiya qilish va hududni obodonlashtirish haqida tanishtirildi.

Qayd etilishicha, gastronomik turizm ko‘chasida velosipedlar uchun uzunligi 1,6 km maxsus yo‘lak, 40 dona zamonaviy o‘rindiqlar, imkoniyati cheklangan insonlar uchun 10ta joyda maxsus panduslar o‘rnatiladi.

Shuningdek, 1,5 km maydonda yashil hudud barpo etilib, avtobuslar uchun mavjud 6 ta bekat to‘liq zamonaviy rekonstruksiya qilinadi. Hududda xojatxonalar tashkil etiladi.

Hududdagi kesib o‘tuvchi yer osti yo‘laklarga imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun 4 dona pandus qoyiladi va 2ta chorraxadagi yer osti yo‘laklari rekonstruksiya qilinadi.


Avvalroq “Spot” Sergelida gastronomik ko‘cha tashkil etish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergandi.

1,2 km uzunlikdagi ko‘chada yengil konstruksiyalardan tayyorlangan kafe va fudtraklar o‘rnatiladi. Yo‘l bir tomonlama bo‘lib, avtoturargoh bepul bo‘ladi.

Ўхшаш янгиликлар