• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Xitoy kompaniyasi Toshkent viloyatida metall konstruksiya ishlab chiqaradi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangiyo‘l tumanining “Sohibkor” MFY hududida “Da Fu” kompaniyasi tomonidan “Metall konstruksiya ishlab chiqarish” korxonasi ishga tushirildi.

Loyihaning umumiy qiymati $2 mlnni tashkil etib, uning natijasida 25ta yangi ish o‘rni yaratildi va mahalliy aholi bandligi ta’minlandi.

Korxona yillik 500 tonna qiymatidagi 15 mlrd so‘mlik metall konstruksiya mahsulotlarini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Qo‘shimcha ravishda, 400 tonna tayyor mahsulot ishlab chiqariladi. Mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga eksport qilish mumkin.

Xitoyning “Limaomaoli Metal Company” kompaniyasi Toshkent viloyatida $50 mlnlik tog‘-kon kompleksini quradi. Loyiha natijasida Surenota konida yiliga 2,4 mln tonna ruda qazib olish mumkin bo‘ladi.

Ўхшаш янгиликлар