• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

Xitoyning “Limaomaoli Metal Company” kompaniyasi Toshkent viloyatida tog‘-kon kompleksini quradi. Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 18-iyul kuni Parkent tumanida joylashgan Surenota tog‘-kon kompleksida qurilish ishlari boshlandi.

Mazkur kompleksining ishga tushirilishi yiliga 2,4 mln tonna ruda xomashyosini ishlab chiqarish imkonini beradi. Majmua yiliga 1 mln tonna temir ruda konsentrati ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Birinchi bosqich doirasida loyihaga $50 mln investitsiya mablag‘lari yo‘naltiriladi. Uning natijasida, 400−500ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, konda aniqlangan ruda zahiralari 12 yilga yetadi. Ikkinchi bosqichda o‘nlab xizmat ko‘rsatish obyektlarini qurish, kichik korxonalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

KTYDR ma’lumotlariga ko‘ra, “Limaomaoli Metal Company” 2019-yilning noyabrida tashkil etilgan. Investor temir rudasini qazib olish bilan shug‘ullanadi va kichik biznes sifatida tasniflanadi. Korxonalarning ustav kapitali 9,64 mlrd so‘m bo‘lib, asosiy aksiyador (53,6%) va direktori Song Liping hisoblanadi.

Joriy yilning may oyida prezident noyob metallar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi kombinat tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Ўхшаш янгиликлар