• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

“WhatsApp” beta-versiyasida xabarlarni tarjima qilish funksiyasini qo‘shdi, deb yozadi “WABetainfo” portali.

Foydalanuvchilar tanlangan xabarlarni tarjima qilishlari yoki barcha chat xabarlarini avtomatik tarzda tarjima qilishni sozlashlari mumkin.

Dastlabki qo‘llab-quvvatlash ingliz, arab, ispan, portugal (Braziliya), rus va hind tillari bilan cheklanadi va kelajakdagi yangilanishlar ko‘proq tillarni qo‘shishi mumkin.

Tarjima uchun “WhatsApp” o‘zining texnologiyalaridan foydalaniladi va xabarlar foydalanuvchi qurilmasida qayta ishlanadi, shu bilan birga boshidan oxirigacha shifrlash saqlanadi.

Bu funksiya “WhatsApp"ning iOS va Android uchun barqaror versiyasida qachon paydo bo‘lishi noma’lum.


Avvalroq “Spot” “Samsung” “WhatsApp” qo‘ng‘iroqlariga real vaqtda tarjima funksiyasini qo‘shishi haqida yozgandi.

Funksiya foydalanuvchining ovozini real vaqt rejimida tanlangan tilga tarjima qiladi va tarjimaning transkripsiyasini ekranda aks ettiradi.

Shuningdek, “WhatsApp'da foydalanuvchilarni shubhali guruhlardan himoya qiluvchi funksiya qo‘shilishi haqida xabar berilgandi.

Qayd etilishicha, messenjerga qo‘shiladigan yangi funksiya foydalanuvchiga guruh haqida batafsil ma’lumotlarni taqdim qiladi.


Ўхшаш янгиликлар