• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +18°C
Detail image

Uzbekistan Airways Toshkent — Seul — Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar soni oshirilayotgani haqida xabar beradi. Ayni paytda aviaqatnovlar payshanba va yakshanba kunlari, 2022-yilning 3-maydan boshlab esa seshanba kunlari ham amalga oshiriladi.

Toshkent — Seul yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta narxi 3 882 986 so‘mdan (bagajsiz) va 4 564 639 so‘mdan (bagaj bilan), Toshkent — Seul — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha esa 7 085 495 so‘mdan (bagajsiz) va 8 290 559 so‘mdan (bagaj bilan) boshlanadi.

Muhim: davlatga kirish uchun yo‘lovchilar PZR-testining salbiy natijasini (amal qilish muddati 48 soat) taqdim etishlari kerak.

Narxlar 19.04.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Ўхшаш янгиликлар