• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

26-iyul kuni Asakadagi “UzAuto Motors” zavodi konveyeridan so‘nggi “Chevrolet Lacetti” ishlab chiqarildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda 2008-yildan “Lacetti-Gentra” avtomobillari ishlab chiqarila boshlangan. Uning yangilangan modeli 2013-yilda taqdim etilgan.

Asakada jami 487 104 dona “Lacetti” ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 89 565tasi (18,4%) 2023-yilda konveyerdan chiqdi. Bu ishga tushirilgandan keyingi birinchi yilga nisbatan sakkiz baravar ko‘pdir.

“UzAuto Motors” kompaniyasining “Lacetti-Gentra” ishlab chiqarishni qisqartirish rejalari 2022-yilning oxirida paydo bo‘ldi. Bu haqda “Freedom Broker” tomonidan avtomobil ishlab chiqaruvchining IPO uchun tayyorlagan taqdimotida ma’lum qilingandi.

Undan keyin avtomobilni ishlab chiqarishni to‘xtatish 2024-yilga rejalashtirildi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisining ta’kidlashicha, bu qaror “GM Global” kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlarini yangiroq avtomobillar uchun butlovchi qismlarga yo‘naltirish siyosati bilan bog‘liq.

Biroq, ehtiyot va butlovchi qismlar mavjudligi sabab, avtomobilni ishlab chiqarish davom etdi. Yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 12,6 ming dona “Lacetti” ishlab chiqarilgan, iyun oyida esa bu modeldagi yangi avtomobillar soni 12 baravarga kamaygan.

Ўхшаш янгиликлар