• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +21°C
Detail image

May oyida Turkiyada yillik inflyatsiya 40%dan kamroq o‘sdi, bu 2021-yildan beri eng past ko‘rsatkichdir. Bu haqda “Bloomberg” Turkiya statistika agentligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

May oyida iste’mol narxlari yillik ko‘rsatkichda 39,59% ni tashkil etdi — bu prognozdan biroz pastroq, aprel oyida bu ko‘rsatkich 43,7% ni tashkil etgan.

Inflyatsiya darajasini pasaytirishga Turkiya prezidenti Erdo‘g‘anning prezidentlik saylovlari fonida aholini tabiiy gaz bilan tekin yetkazib berish haqidagi va’dasi yordam berdi.

Qayd etilishicha, oylik inflyatsiya 4 yil ichida birinchi marta nolga yaqinlashdi.

Prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Erdo‘g‘on yangi moliya vaziri sifatida Mehmet Shimshekni tayinladi, unga investorlar Turkiyaning avvalgi iqtisodiy yo‘nalishini o‘zgartirishiga umid bog‘lashmoqda.

Biroq, yangi moliya vaziri kelganiga qaramay, turk lirasi 1%dan oshiqroqqa tushib, bir dollar uchun 21,17 liraga yetdi — bu rekord darajadagi eng past ko‘rsatkich — 21,8 liradan biroz pastroq.

2022-yil oktabr oyi oxirida Turkiyada narxlarning o‘sish sur’ati, faqat rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 85,5%ga yetdi va yigirma yil ichida eng yuqori ko‘rsatkichni yangiladi.

Shu bilan birga, mustaqil iqtisodchilar inflyatsiyani 185% deb baholamoqda.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda yillik inflyatsiya 1-iyun holatiga 10,38%ni tashkil etgani haqida yozgandi.

Ўхшаш янгиликлар