• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +27.1°C
Detail image

19-sentabr kuni Toshkentning ikkita tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Uchtepa tumani: “Abdulla Qodiriy” hamda “Ko‘kcha Oqtepa” MFYlarning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha;
  • Mirobod tumani: “Oybek” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00dan 17:00gacha.

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Poytaxt elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Buxoroda 26,1 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar jinoiy javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgandi.

Ўхшаш янгиликлар