• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +16°C
Detail image

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Toshkentdan Samarqandga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakatini yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi elektropoyezd joriy yilning 3, 4, 5-may kunlari harakatlanadi.

Poyezd qatnovi quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi:

  • Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:

  • Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkentdagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.


Avvalroq “Spot” Toshkentdan Qarshiga qo‘shimcha elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida yozgandi.

Afrosiyob elektropoyezdining qo‘shimcha harakati 8, 9-may kunlari amalga oshiriladi.

Ўхшаш янгиликлар