• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +13°C
Detail image

Toshkent hududidagi shahar yo‘nalishli taksi va avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha ochiq tender e’lon qilindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda litsenziyaga ega, elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar qatnashishi mumkin. Buning uchun takliflarni axborot tizimi orqali jo‘natish zarur.

Bitta avtotransport bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilganlari tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilmaydi.

Biroq, shartnomaning amal qilish muddati tugashiga 60 va undan kam kun qolgan avtotransportlar bundan mustasno.

Takliflar quyidagi shahar yo‘nalishli taksi va avtobus yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilinadi:


Yo‘nalish raqami
Yo‘nalish nomi
Yo‘nalish turi
1
36
TTZ AShB-Zenit zavodi
Avtobus
2
90
Yunusobod 19 daha-Xuvaydo mahallasi
Avtobus
3
144
Toshkent INDEX savdo majmuasi-Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi
Avtobus
4
153
Qibray AShB-Eko bozori bekati
Avtobus
5
91M
Aviasozlar AShB-Chorsu metrosi AShB
Yo‘nalishli taksi
6
113M
Qora Qamish 2/4-mavzesi-Malika fabrikasi
Yo‘nalishli taksi
7
125M
Toshkent tibbiyot akademiya-Chilonzor metrosi
Yo‘nalishli taksi
8
136M
Qo‘yliq bozori — Toshkent MUM AShB
Yo‘nalishli taksi
9
142M
Bunyodkor mahallasi-Paxtakor metrosi ASHB
Yo‘nalishli taksi
10
152M
Aviasozlar AShB-Beshyog‘och maydoni
Yo‘nalishli taksi
11
192M
Qorasuv 6-mavzesi-Yunusobod mavzesi 9-daha
Yo‘nalishli taksi

Tender 2023-yilning 5-yanvar kuni soat 12:00 da elektron tarzda o‘tkaziladi. Takliflar belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda kelib tushgan takliflar tizim orqali avtomatik tarzda baholanadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Ўхшаш янгиликлар