• 11430.07
  • 12299.90
  • 147.90
weather Тошкент: +21°C
Detail image

Toshkent viloyatining oltita tumanidagi yo‘llarga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalar o‘rnatiladi. Bu bo‘yicha viloyati hokim Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur qurilmalar viloyatning Qibray, Yangiyo‘l, Chinoz, Zangiota, Toshkent va Oqqo‘rg‘on tumanlarida yo‘l transport hodisalarining oldini olish maqsadida o‘rnatiladi.

Buning uchun viloyat mahalliy budjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 1,5 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.

Mablag‘lar “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasiga taqdim etiladi.

Joriy yilning 1-iyulidan boshlab kameralar piyodalar o‘tish joylari, ta’lim muassasalari yaqinida va favqulodda xavfli joylarga o‘rnatilishi belgilangan.

Kameralarni o‘rnatishning aniq joylari Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan belgilanadi.

Kameralar harakat vaqtida xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchilarni qayd etadi. Mazkur tartibni buzgan haydovchilar 170 ming so‘m midqorida jarimaga tortiladi.

Ўхшаш янгиликлар